Shahram mard bo‘lsa ringga chiqib, meni mag‘lub etsin – Shohjahon Ergashev
Sport
−
10 aprel 2023
18995Bir necha yildan buyon ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lib kelayotgan o‘zbekistonlik professional bokschilar — Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosovning o‘zaro jang o‘tkazishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar to‘xtamayapti. Yaqin vaqtgacha ikkala sportchi ham ijtimoiy tarmoqlar orqali bir-biriga qaratilgan videolarni joylab keldi.
Bir necha kun oldin Shohjahon Ergashev QALAMPIR.UZ'ga intervyu berib, G‘iyosovni kerak bo‘lsa Buxoroga borib, mahallasida “do‘pposlab” kelishga tayyorligini ma’lum qildi.
“G‘iyosov mard bo‘lsa ringga chiqib, meni mag‘lub etsin. Kim sher, kim laycha itligi shunda ma’lum bo‘ladi. Shahram o‘zingga ishonsang, jangga chiq! Istasang, Buxoroga borib urishaman. Shahram mahallasiga ring qursa, o‘sha joyga borib qo‘shnilarini oldida jang qilaman. Bahsni qayerda o‘tkazilishini menga ahamiyati yo‘q. Uni qanaqa qilib mag‘lub etishni yaxshi bilaman. Shahram aqli yetsa, men bilan jang qilsin” deydi Ergashev.
Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev 2015 yildan buyon professional boksda faoliyat olib boradi. U profboksda umumiy 23 ta jang o‘tkazib, bahslarning barchasida g‘alaba qozongan. Shahram G‘iyosov esa 2018 yil profboksda debyut qilgan. U umumiy 13 ta jangda ringga ko‘tarilib, barcha to‘qnashuvda raqiblarini mag‘lub etgan.
LiveBarchasi