Sesk Fabregas “Chelsi” bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiylik lavozimi uchun Sesk Fabregas nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” skautlari Fabregasning A Seriyadagi ishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. London klubi uning zamonaviy o‘yin uslubi va yosh iste’dodlarni rivojlantirish qobiliyatini yuqori baholaydi.

Amaldagi bosh murabbiy Liam Rosenorni ishdan bo‘shatish bo‘yicha qaror hali qabul qilinmagan. Klub rahbariyati unga ishonch bildirgan. Biroq agar jamoa keyingi mavsumda Chempionlar Ligasiga chiqmasa, Rosenor ishdan bo‘shatilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, hozirda Fabregas “Komo” jamoasini boshqarmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Italiya A Seriyasi 30 turidan so‘ng 57 ochko jamg‘argan holda 4-pog‘onada bormoqda. Ispaniyalik mutaxassisning Italiya jamoasi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” Sesk Fabregas murabbiylik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing