Savino “Tottenxem”ga o‘tdi – Romano 

Sport

image

Londonning “Tottenxem” jamoasi “Manchester Siti” klubi hujumchisi Savinoni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, klublar o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgan. 22 yoshli braziliyalik futbolchi yaqin vaqt ichida London klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Transfer qiymati 87 million yevroni tashkil etadi. “Transfermarkt” portali esa futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Savino o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Niko Gonsalesni “Nyukasl Yunayted”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing