Saudiyaning ikki jamoasi “Barselona” futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi

Sport

image

Saudiya Arabistonining ikki klubi “Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasadoni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Al-Hilol” va “Al-Ahli” 22 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Ma’lum qilinishicha, har ikki klub ham Kasadoning transferi uchun 40 million yevrogacha to‘lashga tayyor.

Biroq Kasado qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Yarim himoyachi barcha takliflarni diqqat bilan ko‘rib chiqmoqchi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Kasado barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik yarim himoyachining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing