Saudiya klubi Yevropa Chempionlar ligasida qatnashishi mumkin
Sport
−
17 avgust 2023 5062 1 daqiqa
Saudiya Arabistoni chempionatida g‘olib bo‘lgan klub 2024/25 yilgi Yevropa Chempionar ligasida (YeCHL) ishtirok etishi mumkin. Bu haqda “Corriere dello Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda Saudiya Arabistoni futbol assotsiatsiyasi UEFA bilan muzokaralar olib bormoqda. Saudiya tomoni o‘z klublaridan birining kelasi mavsumda YeCHLda ishtirok etishini xohlayapti.
“Osiyoda Arab chempionlari kubogi va an’anaviy Osiyo Chempionlar ligasi turniri bor, biroq shayxlar Yevropa klublari bilan maksimal darajada raqobatlashmoqchi”, deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot uchun, 2024/25 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi shveysarcha tizimda o‘tkaziladi, ya’ni jamoalar guruhlarga ajratilmaydi. YeCHL ishtirokchilari soni esa 32 tadan, 36 taga ko‘paytiriladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025