Saudiya klubi Kroosga “yog‘li” taklif bilan chiqdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi yetakchisi Toni Kroos Saudiya Arabistonidan taklif oldi. Bu haqda Nikolo Skira o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, nemis futbolchisi Saudiya klubidan kelgan mo‘maygina taklifni rad etgan. Toni Kroos “Real” bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirishga tayyor. Uning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyunigacha amal qiladi.

Qayd etish joiz, 2014 yilning 17 iyul kuni Germaniya terma jamoasining Jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng turnirning barcha o‘yinlarini bo‘lajak jahon chempionlari tarkibida o‘tkazgan Kroos Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Madrid klubiga futbolchi transferi taxminan 24-30 million yevroga tushgan.

Ispaniya grandi tarkibida u darrov asosiy tarkibda barqaror o‘yinchiga aylandi, 2015-2018 yillar davomida “qirollik klubi”ning ketma-ket uch marta Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lishiga yordam berdi.

1 mayga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi 1/2 finalining ilk uchrashuvi Myunxenning “Bavariya” hamda “Real” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv “Alyans Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi. Tahlilchilar Toni Kroosning o‘yinini yuqori baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Bavariya Toni Kroos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made