Saudiya Armaniston bilan aloqa o‘rnatishdan oldin Ozarbayjonni ogohlantirgan 

Olam

image

Saudiya Arabistoni Ozarbayjonni Armaniston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatayotgani haqida oldindan ogohlantirgan. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, “Oxu” agentligi xabar berdi

Qayd etish joizki, shuncha yil davomida Saudiya Arabistoni Armaniston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmagan va uni bosqinchi davlat sifatida tan olgan.

Manbaning qayd etishicha, Fransiya va AQSH Saudiya Arabistoni rasmiylariga Yerevan bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish so‘rovi bilan murojaat qilgan, ammo hech qanday natija bo‘lmagan.

2020 yilda Armaniston Livan orqali Saudiya Arabistoni bilan aloqaga chiqqan va diplomatik aloqalar o‘rnatmoqchi bo‘lgan. Ammo o‘sha paytda Qorabog‘da arman qurolli kuchlari bo‘linmalari va separatist otryadlari mavjud edi.

“Endilikda esa vaziyat o‘zgardi. Ozarbayjon nihoyat o‘z hududlarini Armaniston tomonidan bosib olinishiga chek qo‘ydi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni Armaniston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokol imzolangan edi. Hujjatni Abu-Dabida Armanistonning BAAdagi elchisi Karen Grigoryan va Saudiya Arabistonining BAAdagi elchisi Sulton bin Abdulloh Al-Angar imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing