Saudiya Arabistoni JCH uchun g‘ayrioddiy stadion qurmoqchi (video)

Sport

image

Saudiya Arabistoni 2034 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik doirasida dunyodagi birinchi bino tomidagi stadionni qurishni rejalashtirmoqda. “Sky Stadium” deb nomlanadigan ushbu inshoot NEOM mega-loyihasi tarkibida, cho‘ldan taxminan 350 metr balandda joylashadi. Bu haqda “Daily Telegraph” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qurilish ishlari 2027 yilda boshlanishi, 2032 yilda esa yakunlanishi rejalashtirilgan. Stadion 46 ming tomoshabinni sig‘dira oladi va quyosh hamda shamol energiyasi bilan to‘liq ta’minlanadi.

Bu stadion NYeOM’ning chiziqli aqlli shahri “The Line” hududida barpo etiladi va barqaror sport infratuzilmasi uchun yangi standartlarni belgilashni maqsad qilgan.

FIFA ushbu loyihani dastlabki bosqichda ma’qullagan. Biroq muhandislar stadionning balandligi va cho‘l sharoitidagi murakkab joylashuvi texnik jihatdan katta sinov bo‘lishini ta’kidlamoqda. Shunga qaramay, Saudiya Arabistoni rasmiylari “Sky Stadium”ni 2034 yilgi jahon chempionati oldidan ustuvor loyihalardan biri sifatida amalga oshirishga qat’iy bel bog‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2034 yilgi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan mundial Ramazon oyiga to‘g‘ri kelishi sababli 2035 yilning yanvar oyida o‘tkazish g‘oyasi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni FIFA 2034 NEOM

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing