“Sanjik”ning uyidan buyum olib chiqib ketgan IIB xodimi jazolanadi

3-sahifa

image

Avvalroq, “Real Sanjik” taxallusi bilan tanilgan bloger Sanjar Karimovning xonadonida o‘tkazilgan tezkor tintuv jarayonida IIB xodimi ayblanuvchining shaxsiy buyumini olib chiqib ketgani haqida xabar berilgan edi. Bugun, 1 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi yuzasidan navbatdagi ochiq sud majlisida prokuror ushbu IIB xodimiga nisbatan xususiy ajrim chiqarishni so‘radi. Bu haqda sud jarayonida qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Bu galgi sud majlisida sud tergovi yakuniga yetgani sababli raislik qiluvchi sudya Bahrom Berdiyev tomonlarga yakuniy muhokama uchun so‘z berdi.

Davlat ayblovchisi, Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori o‘rinbosari Navruzbek Saparov suddan ayblanuvchiga nisbatan bir qator moddalar bo‘yicha jazo tayinlashni so‘radi.

Shuningdek, davlat ayblovchisi Sanjar Karimovning uyida o‘tkazilgan 2025 yil oktyabr oyidagi kechiktirib bo‘lmas tezkor tadbirda ayblanuvchining xonadonidan Karimovning shaxsiy buyumini “o‘ynab” olib chiqib ketgan IIB xodimiga nisbatan xususiy ajrim chiqarishini so‘radi.

Shundan so‘ng Karimovning himoyachilari sud majlislari davomida, guvohlar so‘roq qilinganda aksar ayblovlar o‘z isbotini topmaganini aytib o‘tdi. Bundan tashqari, Sanjar Karimovning uyida o‘tkazilgan tintuv jarayonida boshqa aloqador bo‘lmagan xodimlar ham ishga aralashgani uchun hamda yetarlicha xolislar ishtirokida tintuv ishlari amalga oshirilmagani uchun ashyoviy dalillar va tintuv jarayoni nomaqbul, deb topilishini iltimos qildi. 

Tomonlarning uzoq muzokaralaridan so‘ng raislik qiluvchi sudya Bahrom Berdiyev yakuniy qaror qabul qilish uchun joriy yilning 8 mayiga qadar tanaffus e’lon qildi.

QALAMPIR.UZ tez orada ushbu sud majlisidan batafsil videoreportajni taqdim etadi. Ko‘rsatuvni YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

sud Sanjik Real Sanjik Sanjar Karimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing