Samsung ilk uch qavatli smartfonini taqdim etdi
Texnologiya
−
02 dekabr 6063 2 daqiqa
Samsung Electronics (005930.KS) o‘zining birinchi uch qavatli smartfoni — Galaxy Z TriFold’ni namoyish etdi. Kompaniya bu yangi model orqali Xitoyda tobora kuchayib borayotgan raqobatchilariga qarshi bozordagi mavqeini yanada mustahkamlashni maqsad qilgan. Bu haqda “Economictimes” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Galaxy Z TriFold taxminan 3,59 million von (2 440 dollar) narxda bo‘lib, uch panel yordamida 253,1 mm (10 dyuym) ekran o‘lchamiga ochiladi. Bu Samsung’ning so‘nggi Galaxy Z Fold 7 modeli ekranidan qariyb 25% kattaroq.

Samsung Electronics’ning savdo va marketing bo‘limi rahbari Aleks Limga ko‘ra, yangi model keng omma uchun emas, balki aynan shunday formatni xohlaydigan maxsus mijozlarga mo‘ljallangan.
Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan TriFold 12 dekabrda mamlakat ichida sotuvga chiqadi. Yil oxirigacha Xitoy, Singapur, Tayvan va BAA bozoriga ham yetib boradi. AQSHda esa sotuvlar kelasi yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.

Qurilma Samsung’ning eng katta akkumulyatoriga ega bo‘lib, 30 daqiqada 50 foizgacha quvvatlaydigan ultratez zaryadlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Lim xotira chiplari va boshqa komponentlar narxi keskin oshgani sabab narxni belgilash “qiyin qaror” bo‘lganini tan oldi.
Buklanadigan telefonlar bozoridagi raqobat kuchaymoqda. Huawei o‘tgan yil sentyabrda sanoatdagi birinchi uch tomonlama buklanadigan telefonni sotuvga chiqargan. Apple esa o‘zining ilk buklanadigan iPhone modelini kelasi yili taqdim etishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, tahlilchilar yuqori narxlar va ommaviy ishlab chiqarishdagi cheklovlar bozor o‘sishini sekinlashtirishi mumkinligini aytmoqda.

Counterpoint Research ma’lumotlariga ko‘ra, buklanadigan telefonlar joriy yilda umumiy smartfon bozorining 2 foizdan kamrog‘ini, 2027 yilga kelib esa 3 foizdan ham kam qismini tashkil etadi.
Samsung’ning buklanadigan telefonlar bozoridagi ulushi uchinchi chorakda 64 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich mahsulot sotuvga chiqish davriga qarab sezilarli o‘zgarib turishini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov yangi SI tarmog‘ini taqdim etgani haqida xabar berilgandi. U sun’iy intellekt so‘rovlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi markazlashtirilmagan hisoblash tarmog‘i – Cocoon ishga tushirilganini ma’lum qilgandi. Ushbu tarmoq foydalanuvchilarga AI xizmatlaridan 100% maxfiy, xavfsiz va ancha arzon narxlarda foydalanish imkonini beradi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr