Samarqanddagi noqonuniy qurilgan mashhur 12 qavatli binoda qahvaxona ochildi (video)
Jamiyat
−
24 may 2023 24460 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi 12 qavatli binoning pastki qavatidan oshxona sifatida foydalanilayotgani to‘g‘risida video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, noqonuniy ravishda qurilgan 12 qavatli binoning birinchi qavatida haqiqatdan ham qahvaxona faoliyat yuritayotgani aniqlangan.
Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan bu bino yuzasidan 2022 yilning 6 iyul kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi tomonidan bino egasi F.Halilovga nisabatan qaror qabul qilgan edi. Unga ko‘ra, Samarqand tumani “Jo‘yisoy” MFY hududidagi o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan 12 qavatli bino-inshoot (mehmonxona)ni fuqaro F.Halilov hisobidan buzishi to‘g‘risida hal qiluv qarori berilgandi.
“Bugungi kunda mazkur sud qarorining ijrosi MIBning Samarqand tumani bo‘limi ish yurituvida. Shuningdek, Samarqand tuman Qurilish bo‘limi tomonidan 2023 yilning 15 may kuni 414-sonli xat bilan MIB Samarqand tuman bo‘limiga sud qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha murojaat yo‘llangan”, deyiladi boshqarma munosabatida.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi