Samarqandda O‘zbekiston-Iordaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?
Jamiyat
−
26 avgust 2025 3495 2 daqiqa
Bugun, 26 avgsut kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Jumladan:
- Ekstraditsiya to‘g‘risida bitim;
- Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
- Qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim;
- Viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim;
- Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
- Tovarlar va transport vositalari harakati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almashish to‘g‘risida bayonnoma;
- Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;
- Din ishlari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida idoralararo memorandumlar;
- Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.
Eslatib o‘tamiz, Abdulla II ibn al-Husayn kecha, 25 avgust kuni davlat tashrifi bilan Samarqandga kelgandi. Samarqand shahri aeroportida Iordaniya Podshohini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Keyin Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimiy Samarqand shahrining ulug‘vor tarixiy obidalari bilan tanishdi. Yetakchilar kechqurun Samarqand xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik majmuasini ham borib ko‘rdi. 26 avgust kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Iordaniya rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.
Live
Barchasi