Samarqandda yuk mashinasiga urilgan Damas’ning haydovchisi uchib ketdi (video)
3-sahifa
−
15 iyun 5096 1 daqiqa
Joriy yilning 9 iyun kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Damas va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 18:10 lar atrofida Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi Mirza Olim MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 138-kilometrida sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi A.R. Damas rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan transport vositalarini quvib o‘tish maqsadida asfalt qoplamasi mavjud bo‘lmagan yo‘l chetidan harakatlangan. Oqibatda haydovchi transport vositasi boshqaruvni yo‘qotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan yuk avtomobilining orqa qismiga borib to‘qnashgan.
YTH oqibatida Damas avtomobili haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yuk mashinasi hamda Lacetti rusumli avtomobil to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi