Samarqandda ham Nexia’ni suv oqizib ketdi (video)
3-sahifa
−
10:06 4228 1 daqiqa
Kecha, 21 may kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida kuzatilgan kuchli sel Nexia avtomobilini oqizib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan. Yog‘ingarchilik oqibatida suv sathi ko‘tarilgan hamda “Jismonsoy” MFY hududidagi ichki avtomobil yo‘lidan oqib o‘tgan sel suvini kesib o‘tishga uringan Nexia-2 rusumli avtomobil suv oqimida qolgan.
Hodisa joyiga yetib borgan FVB qutqaruvchilari tomonidan fuqaro hamda avtomobil xavfsiz hududga olib chiqilgan.
Fuqaroga hodisa oqibatida hech qanday tan jarohati yetmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining 3 tumaniga kuchli sel kelgandi. 4 ta qishloq aholisi evakuatsiya qilingan, mashinalar oqib ketgan.
Live
Barchasi