Salohning agenti futbolchining kelajagi haqida ma’lumot berdi

Sport

image

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohning agenti Rami Abbos 33 yoshli futbolchining mavsum oxirida klubdan ketishi e’lon qilinishi ortidan uning kelajagi haqidagi savollarga javob berdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

“Biz Muhammadning keyingi mavsumda qayerda o‘ynashini bilmaymiz. Bu shuni anglatadiki, boshqa hech kim ham bilmaydi”, deydi Rami Abbos.

Ma’lumot uchun, Saloh 2017 yildan beri “Liverpul” safida o‘ynamoqda. Shu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 435 ta o‘yinda maydonga tushib, 255 ta gol urgan va 122 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. shunga qaramay, futbolchi joriy yozda erkin agent sifatida klubni tark etadi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muhammad Saloh joriy mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Muhammad Saloh “Liverpul'” Rami Abbos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing