Saida Mirziyoyeva YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
Jamiyat
−
17 noyabr 2023
2796Kecha, 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Ribeyro bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yig‘ilishda dunyoda so‘z erkinligi masalasida yuzaga kelayotgan va ba’zan avjiga chiqayotgan ziddiyatlar hamda bu sohadagi imkoniyatlar muhokama qilindi va axborot kodeksi tuzish g‘oyasi ilgari surildi.
“Biz hozir ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bosqichidamiz. Axborot kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda. So‘nggi yillarda OAV sohasida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarni saqlab qolish va jurnalistlarni himoya qilish biz uchun juda muhim”, dedi Mirziyoyeva.
Shuningdek, uchrashuvda ushbu mavzu doirasida istiqboldagi qo‘shma loyihalar muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda bo‘lib turgan AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi