Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi
Jamiyat
−
16:52 1189 1 daqiqa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkent hududida bo‘lib, zamonaviy bino va inshootlar qurilish jarayoni bilan tanishdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Shahar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan mazkur bunyodkorlik doirasida bugun ulkan, keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Prezident Administratsiyasi rahbarining yozishicha, britaniyalik me’morlar tomonidan puxta va uzoqni ko‘zlab ishlab chiqilgan shahar konsepsiyasi kelgusi o‘n yilliklar uchun mustahkam asos yaratgan.


“Poydevor qo‘yildi, biroq shaharning ertangi kuni qanday bo‘lishi endi bevosita o‘zimizga bog‘liq. Aynan shuning uchun tadbirkorlarimiz Yangi Toshkentga alohida e’tibor qaratishlarini istardim. Bu yerga sarmoya kiriting, qurilish qiling, o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ying. Mazkur maskanning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos. Keling, ushbu betakror, yangi shaharni birgalikda bunyod etaylik!” deydi Saida Mirziyoyeva.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirgan edi.
Live
Barchasi