Saida Mirziyoyeva Toshkent yo‘llarini nazoratga oldi. Bugundan ish boshlanadi

Jamiyat

image

Bugun, 27 fevral kuni maxsus tuzilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazida Toshkent shahridagi tirbandliklar va ekologiya masalalarini hal qilish, shuningdek, jamoat transporti nazorati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, transport tizimini modernizatsiya qilish ishlari Prezidentning 2025 yil 5 dekabrdagi “Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, yaqin kunlarda “aqlli” svetoforlarni o‘rnatish, yo‘llarga standartlarga mos chiziqlar tortish hamda avtoturargohlarni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha belgilangan ishlar boshlanadi.

“Umid qilamanki, shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qarorning ijrosini to‘laqonli ta’minlashga bor kuch va imkoniyatini qaratadi. Men buning bajarilishini shaxsan nazorat qilib boraman. Poytaxt uchun o‘ta muhim, juda zarur bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirishda jamoaga muvaffaqiyat tilayman”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida tungi vaqtda poyga uyushtirish holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar o‘rilayotgani aytilgandi. Shuningdek, Adliya vazirligi tashabbusi bilan noqonuniy poygalarni tashkil etganlik va unda ishtirok etganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgandi.

Bundan tashqari Toshkent shahrida 10-sinf o‘quvchisi BMW bilan yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yuborgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent transport Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing