Toshkentda tunda poyga uyushtirayotganlar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida tungi vaqtda poyga uyushtirish holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ogohlantirish bilan chiqdi.

“So‘nggi vaqtlarda men, boshqa fuqarolar qatori, Toshkent shahrida soat 22:00 dan keyin ayrim shaxslar avto va mototransport vositalarini belgilangan tezlikdan sezilarli darajada oshirgan holda boshqarayotgani yoki o‘zaro poyga uyushtirishayotgani holatlariga guvoh bo‘lmoqdaman. Bu kabi holatlar yuqori darajada shovqin keltirib chiqarishga hamda yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligiga tahdid solishga sabab bo‘lmoqda”, deydi u. 

Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, bunday harakatlar tungi vaqtda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzadi, shuningdek, insonlar hayoti va sog‘lig‘i uchun real xavf tug‘diradi. Tegishli xizmatlar tomonidan mazkur huquqbuzarliklarni oldini olish, aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. 

Fuqarolar qonunchilik talablariga, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga hamda aholi osoyishtaligini hurmat qilishga chaqiriladi. Bunday huquqbuzarlik holatlari yuzasidan belgilangan tartibda vakolatli organlarga xabar berish so‘raladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Hayot Shamsutdinov poyga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing