Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi rahbari bo‘ldi
Jamiyat
−
23 iyun 13731 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Saida Mirziyoyeva 1984 yil 4 noyabrda Qo‘qonda tug‘ilgan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri bo‘lgan.
Mirziyoyeva 2019-2020 yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020 yildan esa Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyatini boshlagan.
Shuningdek, u 2019 yildan buyon Gender tengligi bo‘yicha komissiya a’zosi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi 2023 yil avgust oyida tugatilgandi. 2022 yil iyul oyidan beri ushbu lavozimda ishlab kelgan Sardor Umurzoqov ishdan olinib, Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
O‘sha paytgacha Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimida ishlagan Saida Mirziyoyeva esa Prezident yordamchisi bo‘lgandi.
Live
Barchasi