Saida Mirziyoyeva Osiyo xotin-qizlari forumida qatnashdi
Jamiyat
−
14 may 1557 1 daqiqa
Bugun, 14 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida qatnashib, Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Bugun Buxoroda o‘z ishini boshlagan Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining anjuman ishtirokchilari – butun Osiyodan jam bo‘lgan yetakchi ayollarga: siyosatchi, tadbirkor, olima va ekspertlarga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdim”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Uning bildirishicha, Prezident murojaatida forum qatnashchilarining yuksak kasbiy mahorati, boy bilim va tajribasi nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda xotin-qizlarning huquq hamda manfaatlari himoyasiga samarali xizmat qilishi alohida ta’kidlangan.

Live
Barchasi