Saida Mirziyoyeva Matviyenko bilan uchrashdi
Jamiyat
−
07 aprel
6582O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi, Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 7 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Uchrashuv Toshkent shahrida o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
⠀
“Samimiy va ochiq muloqotdan xursand bo‘ldim. Do‘stlik va hamkorlik haqida gaplashish doimo mamnuniyat bag‘ishlaydi. O‘zbekistonga xush kelibsiz!” deb yozdi Mirziyoyeva.
Ma’lumot uchun, Valentina Matviyenko Toshkentda o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Bugun u 76 yoshni qarshiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Valentina Matviyenkoni qabul qilgandi.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar


