Saida Mirziyoyeva Parijda Makron bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning qabulida bo‘ldi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

“Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga e’tibor va iliq qabul uchun minnatdorlik bildiraman. Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining samimiy tilaklarini yetkazdim”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Shuningdek, u davlatlarni eng muhim strategik sohalardagi uzoq muddatli sheriklik munosabatlari bog‘lab turishini qayd etgan. Shu bilan birga, Saida Mirziyoyeva kelgusida har ikki mamlakat uchun manfaatli bo‘lgan yana ko‘plab tashabbuslar va qo‘shma loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Fransiyaga borgani va Fransiya Hukumatining Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing