Saida Mirziyoyeva BAA Prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
13:08 777 1 daqiqa
Bugun, 28 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon A’lo Hazratlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni o‘zi uchun “katta sharaf” deb qayd etgan.

Saida Mirziyoyeva A’lo Hazratlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy tilaklarini yetkazgan. Muloqot davomida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilingan, shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish mavzusiga ham to‘xtalib o‘tilgan.

“Ko‘rsatilgan ehtirom uchun A’lo Hazratlariga minnatdorlik bildiraman”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda o‘tkazilgan demografik barqarorlik masalalari bo‘yicha tadbirda ishtirok etgandi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr