Saida Mirziyoyeva Andijon viloyati rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Andijonda viloyati rahbariyati va tuman hokimlari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, aksariyat muammolarga respublika, viloyat, tuman va mahallalar miqyosida hamjihatlik bilan ish ko‘rilsagina yechim topiladi. Bugun qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish, ularning ijro muddatlari va vazifalarini aniq belgilash talab etilmoqda.

“Yig‘ilishda muhokama qilingan muhim masalalardan biri 1980 yillarda barpo etilgan magistral suv tarmog‘ini yangilash bo‘ldi. Aholi yashaydigan ko‘plab xonadonlar, mahalla va tashkilotlarning suv ta’minotiga bevosita daxldor bo‘lgan ushbu inshootni rekonstruksiya qilish jarayonini kechiktirib bo‘lmaydi”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Andijon viloyatida zudlik bilan e’tibor qaratilib, yangilanishi talab etilayotgan bir nechta ob’ektga borgani haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing