Sadir Japarov uchun yangi saroy qurish boshlandi
Olam
−
16 aprel 2022 11903 2 daqiqa
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov o‘zi uchun yangi saroy qurdirishga start berdi. Bu haqda Prezident Matbuot ximzati xabar bermoqda.
Japarov kecha, 15 aprel kuni Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti ma’muriyatining yangi binosi qurilishi uchun kapsula qo‘ygan.
Davlat rahbari tantanada hozir bo‘lganlar muhim voqeaga daxldor ekanini ta’kidlagan.

Sadir Japarov quruvchilarga murojaat qilar ekan, barcha qurilish ishlarini sifatli bajarish muhimligini, bu inshoot bir asrdan ortiq bardavom bo‘lib, nafaqat hozirgi, balki kelajak avlod uchun ham xizmat qilishi kerakligini ta’kidlagan.
Davlat rahbari bu yerda avvalroq “Issiqko‘l” mehmonxonasi joylashganini, uning binosi yaroqsiz holga kelganini esladi. Shu munosabat bilan mazkur maydonda yangi bino qurilishini boshlashga qaror qilingan.

Sadir Japarov umumiy maydoni 21 ming kvadrat metr bo‘lgan yangi bino yuqori sifatli, mustahkam va ko‘p yillarga yetishiga umid bildirgan.
“Yangi ma’muriy-boshqaruv majmuasining barpo etilishi markaziy boshqaruv apparati ishini optimallashtirish, boshqaruvni yanada samarali amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratish, tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini jadallashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini optimallashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, mazkur davlat organlarining bir majmuada joylashishi yechimlarni ishlab chiqish jarayonini tezlashtiradi, poytaxtning markaziy qismidagi avtomobil yo‘llari tarmog‘iga yuklamani kamaytiradi. Ma’lumki, ma’muriy binolarning hozirgi joylashuvi – aksariyat davlat idoralari asosan poytaxtning markaziy qismida to‘plangan. Shu tariqa shahar markazida transport harakati va aholi uchun muayyan noqulayliklar yaratilmoqda”, deyiladi Prezident Administratsiyasi xabarida.

Ma’muriy majmua zamonaviy va ko‘p funksiyali komplekslardan biri bo‘ladi, rivojlangan infratuzilma mavjud va rejalashtirilgan shahar tuzilishiga integratsiyalashgan.
Live
Barchasi