Sahroi Kabirda qor yog‘di

Olam

image

Jazoirning shimoliy qismidagi Sahroi Kabir hududida joylashgan Ayn as-Safra qishlog‘i aholisi noodatiy tabiiy hodisaga guvoh bo‘ldi. Qishloq atrofida qor yog‘ib, odatda oltin rangda tovlanib turadigan sahro qumlari oppoq qor bilan qoplandi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ayn as-Safra qishlog‘i Sahroi Kabir cho‘liga kirish darvozasi sifatida tanilgan hududlardan biri hisoblanadi. Bu yer o‘zining yorqin to‘q sariq rangli qum tepaliklari bilan mashhur. Biroq, so‘nggi hafta davomida mintaqada kuchli qor yog‘ishi natijasida sahro manzarasi butunlay o‘zgargan – oltinrang qum tepaliklarini qalin qor qatlami qoplagan.

Hudud fuqarolaridan biri Abdul Haqning aytishicha, bu manzara juda kam uchraydigan holat hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qor yog‘ishi tufayli sahro manzarasi g‘ayrioddiy ko‘rinishga kirgan va ko‘plab odamlar buni tomosha qilish uchun tashqariga chiqmoqda.

Mahalliy aholi bu noodatiy hodisadan zavqlanib, qor bilan qoplangan qum tepaliklari bo‘ylab yugurib, ulardan sirpanib tushib vaqt o‘tkazmoqda. Ayrimlar esa ushbu noyob manzarani suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ulashmoqda.

Qayd etilishicha, Ayn as-Safrada oxirgi marta 1979 yilda qor yoqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jazoir qor Sahroi Kabir Ayn as-Safra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing