“S&P Global Ratings” O‘zbekistonning suveren kredit reytingini e’lon qildi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019 3528 2 daqiqa
Joriy yilning 13 dekabrida “S&P Global Ratings” agentligi O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingi bo‘yicha o‘zining navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, agentlik mamlakat suveren kredit reytingini “BB-“ (“Barqaror”) darajasida saqlab qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingini baholashda uning:
• Tashqi kreditor pozitsiyasi va past darajadagi davlat qarzi yuki respublikaning kuchli tarafi deya qayd etilgan;
• Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning (YAIM) kamligi va pul-kredit siyosatining past darajadagi moslashuvchanligi mamlakatning suveren reyting ko‘rsatkichini oshishini cheklovchi omillar sifatida keltirilgan. Ta’kidlanishicha, qarorlar qabul qilish jarayoni markazlashgan bo‘lib, institutlar o‘rtasidagi hisobdorlik va bir-birini nazorat qilish tizimi yetarli darajada rivojlanmagan.
Quyidagilar kelgusida O‘zbekistonning kredit reytingiga ijobiy ta’sir etuvchi omillar sifatida sanab o‘tilgan:
• Mamlakatning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va davlat ulushiga ega korxonalar islohoti natijasida iqtisodiyotning o‘sish salohiyati va barqarorligining yaxshilanishi;
• Diversifikasiyalashgan davlat byudjeti daromadlari bazasi va eksport tarkibi.
Shu bilan birga, quyidagi omillar respublikaning kredit reytingi baholariga salbiy ta’sir etuvchi omillar sifatida keltirilgan:
• Yuqori import va joriy hisob operatsiyalarining bundan keyin ham qarz va xorijiy valyuta rezervlari hisobiga moliyalashtirilishi natijasida fiskal va tashqi balansning sezilarli darajada yomonlashuvi;
• Davlat ulushiga ega asosiy korxonalar holatining yomonlashuvi natijasida shartli majburiyatlarning ortishi.
Shuningdek, agentlik mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga o‘z fikrini bildirgan. Xususan:
1) Keng qamrovli siyosiy islohotlar respublikadagi institutlarni yaxshilagani va iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlagani aytilgan;
2). Hukumat institutsional islohotlarda muvaffaqiyatga erishayotgani e’tirof etilgan;
3) Davlat ulushiga ega korxonalar islohotining boshlanishi “muvaffaqiyatli” deya ta’riflanib, ularning faoliyatini modernizatsiya qilish va xarajatlarini qoplay olish darajasiga yetkazish respublikaning iqtisodiy o‘sishiga zamin bo‘lishi ta’kidlangan;
4) Bank sektori islohoti hukumat kun tartibidagi 2017 yilgi iqtisodiy islohotlardan keyingi yirik islohot sifatida qayd etilgan. Ta’kidlanishicha, bank sektori islohoti iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini pasaytirishga va pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
5) 2019 yilgi soliq islohoti soliq bazasini kengayishiga va soliqlarning yig‘ilishi darajasini oshirishga olib kelishi mumkinligi aytilgan.
Shu bilan birga, mamlakat uchun davlat ulushiga ega korxonalar islohoti va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmini oshirish Hukumat oldida turgan vazifa bo‘lib qolayotganiga urg‘u bergan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025