Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

Sport

−

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

O‘sha kuni Ro‘ziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi. 

32 yoshli Faxretdinov MMA'da juda yaxshi statistikaga ega. U shu vaqtga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi jangini UFC on ABC 6 turniri doirasida o‘tkazib, daniyalik Nikolas Dalbini mag‘lubiyatga uchratgan. 

30 yoshli Ro‘ziboyev MMA'da 43-34-9 rekordga ega. U oxirgi jangini shu yil may oyida UFC on ESPN 56 turniri doirasida amerikalik Xoakin Bakliga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing