Ruminiyada poytaxt meri prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Olam

image

Buxarestning liberal-progressiv meri Nikushor Dan Ruminiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Bu haqda mamlakat saylov byurosi ma’lumotlariga tayanib, AFP xabar berdi.

Saylov byulletenlarining qariyb 99 foizi hisoblanganidan keyin u 54 foiz ovozga ega bo‘lib, raqibi, 46 foiz ovoz olgan o‘ta o‘ngchi Jorj Simionni ortda qoldirdi.

Danning g‘alabasi Shahar va mintaqaviy sotsiologiya markazi va Avangarde ijtimoiy va xulq-atvor tadqiqot guruhi tomonidan o‘tkazilgan ekzit-poll ma’lumotlari bilan ham tasdiqlandi.

Shu bilan birga, Simion dastlab o‘zining g‘alabasini e’lon qildi.

“Biz bu saylovlarda aniq g‘olibmiz. Biz bu g‘alabani Ruminiya xalqi nomidan e’lon qilamiz”, dedi u Buxarestdagi tarafdorlariga jonli efirda ovoz berish uchastkalari yopilgandan keyin.

U xuddi shunday bayonotlarni Facebook va X mikrobloglar tarmog‘ida ham e’lon qilgan. 

Keyinchalik u mag‘lubiyatini tan oldi va Danni tabrikladi.

“U saylovlarda g‘alaba qozondi va bu Ruminiya xalqining irodasi edi”, deb yozdi Simion.

Ma’lumot uchun, Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichi 4 may kuni bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, Simion 41 foizga yaqin, Dan 20,99 foiz ovoz olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing