Ruminiya va Bolgariyada NATOning yirik mashg‘ulotlari boshlanmoqda
Olam
−
20 Oktabr 2025 1514 1 daqiqa
Ruminiya va Bolgariya hududida NATOning “Dacian Fall 2025” nomli ko‘p millatli harbiy mashg‘ulotlari boshlanmoqda. Bu haqda “Radio Romania” xabar berdi.
Bugun, 20 oktyabrdan 13 noyabrgacha davom etadigan bu mashg‘ulotlarda alyansga a’zo 10 mamlakat – Belgiya, Bolgariya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Shimoliy Makedoniya va Fransiyadan 5 mingdan ortiq harbiy xizmatchi hamda 1,2 ming dona harbiy texnika ishtirok etadi.
Mashg‘ulotlar NATOning Ruminiya va Bolgariyadagi jangovar guruhlarini brigada darajasigacha kengaytirishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Radiostansiya ma’lumotiga ko‘ra, “Janubi-Sharq” nomli ko‘p millatli qo‘mondonlik diviziyasi tomonidan rejalashtirilgan bu mashg‘ulotlarning maqsadi NATO kuchlarining sharqiy qanotdagi integratsiyasini mustahkamlash.
Ma’lumot uchun, “Janubi-Sharq” qo‘mondonlik diviziyasi 2015 yil 1 sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi NATOning janubi-sharqiy qanotidagi, xususan, Ruminiya va Bolgariyadagi kollektiv mudofaa operatsiyalarini muvofiqlashtirishdan iborat.
NATOning Ruminiyadagi jangovar guruhi (Forward Land Forces Battle Group) esa 2022 yilda Ukrainadagi mojaro sharoitida alyansning to‘siq va mudofaa siyosatining markaziy elementi sifatida tashkil etilgan. Guruh tarkibida Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg va Ispaniyadan taxminan 1 700 nafar harbiy xizmatchi bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiya Mudofaa vaziri Pol Yonson Germaniyaning RND nashriga bergan intervyusida Yevropa “urush rejimi”ga kirishi kerakligini aytgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025