Rubio Eronning JCH-2026 dagi ishtiroki bo‘yicha bayonot berdi
Olam
−
24 aprel 8109 1 daqiqa
AQSH Eron futbolchilarining 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Oq uyda o‘tgan brifing chog‘ida aytib o‘tgan.
Uning bayonotiga ko‘ra, AQSH hukumati Eron milliy terma jamoasining mamlakatga kelishiga hech qanday taqiq qo‘ymagan va “ularning kelmasligi kerak” degan talab ilgari surilmagan.
Rubio bu fikrni Oq uydagi chiqishi davomida aytgan. Unga ko‘ra, asosiy xavotir futbolchilarning o‘zida emas, balki delegatsiya tarkibidagi ayrim shaxslar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. AQSH tomoni ayrim vakillarning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan aloqasi bo‘lishi ehtimolidan xavotir bildirmoqda.
Avvalroq, Eron Sport vaziri Ahmad Doniyamali jamoaning turnirdagi ishtiroki geosiyosiy vaziyat sabab murakkab bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. Keyinchalik esa Eronning Meksikadagi elchixonasi orqali jamoa o‘yinlarini AQSHdan Lotin Amerikasiga ko‘chirish bo‘yicha FIFA bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Shu bilan birga, Eron hukumati milliy terma jamoa turnirga tayyorligini tasdiqlagan. Boshqa tomondan, ayrim xalqaro OAVlarda AQSH maxsus vakili Paulo Zampolining Eron o‘rniga Italiya milliy futbol terma jamoasini turnirga qo‘shish taklifini bildirgani haqida ham xabarlar tarqalgan.
Live
Barchasi