Rostovda favqulodda holat rejimi joriy etildi

Olam

image

Rossiyaning Rostov viloyatida bahorgi sovuq oqibatida ekinlarga yetgan zarar tufayli favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu haqda viloyatning vaqtinchalik rahbari Yuriy Slyusar o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Slyusarning so‘zlariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti hududdagi aksariyat qishloq xo‘jaligi tumanlariga ta’sir ko‘rsatgan va ekinlarga jiddiy zarar yetkazgan.

“Men 19 may kuni soat 18:00 dan boshlab Rostov viloyatida favqulodda holat joriy etilishi haqidagi farmoyishni imzoladim. Bu chora bizning agrarlarga sug‘urta tovonlarini rasmiylashtirish va ko‘rilgan zararni qoplash imkonini beradi”, deb yozdi u.

Shuningdek, Slyusar viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga topshiriq berib, sovuqdan zarar ko‘rgan yerlarning maydonini aniqlash va dehqonlarga yetkazilgan umumiy zararni baholash uchun zarur hujjatlarni to‘plashni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Rostov favqulodda holat rejimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing