Rossiyaning yana 7 ta hududida benzin sotishga limit joriy etildi

Olam

image

Rossiyaning Novosibirsk, Belgorod, Kemerovo, Tyumen, Vologda, Penza viloyatlari va Xanti-Mansiysk avtonom okrugi rasmiylari yonilg‘i sotishga limitlar joriy etilganini e’lon qildi. Cheklovlar haqida gubernatorlar va mintaqaviy Vazirlar Mahkamalari xabar bergan.

Qayd etilishicha, Vologda viloyatidagi “Lukoyl” yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSH) limitlar belgilangan: bitta avtomobil uchun 30 litrdan ko‘p bo‘lmagan benzin va 60 litr dizel, trassalarda esa 200 litrgacha dizel berilmoqda. Belgorod viloyatida “Rosneft” AYOQSHlarida benzinni kanistralarga sotish taqiqlangan, “Lukoyl” shoxobchalarida 30 litr benzin va 60 litr dizel cheklovi amal qilmoqda, “Gazprom neft” stansiyalarida esa AI-95 benzini sotilmayapti.

Tyumen viloyatidagi “Gazpromneft” AYOQSHlarida 40 litr benzin va 80 litr dizel (trassalarda – 40 litrgacha benzin va 200 litrgacha dizel) limiti amal qilmoqda, kanistralarga yonilg‘i quyish taqiqlangan. Penza viloyatida bakka 100 litrgacha benzin va 200 litr dizel quyishga ruxsat berilgan. Kuzbass (Kemerovo), XMAO va Novosibirsk viloyatida rasmiylar limitlarning aniq ko‘rsatkichlarini ochiqlamagan va aholini vahima yuzaga keltirmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qrimdagi barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin sotuvi ham erkin tarzda, ham talonlar bo‘yicha to‘liq to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing