Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasiga dronlar hujum qildi

Olam

image

Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi bugun, 2 iyulga o‘tar kechasi tunda dronlar hujumiga uchradi. Bu haqda diplomatik missiya xabar berdi.

“Bitta kvadrokopter qizil bo‘yoq to‘ldirilgan konteynerni tashlab yuborgan. Qo‘lbola portlovchi qurilma maketi mahkamlangan ikkinchi dron esa binoning tevaragiga, juda yaqin joyga qulagan”, deyiladi elchixonaning Telegram-kanalida.

Diplomatlar ushbu hujumni shunchaki provokatsiya emas, balki qo‘rqitishga urinish deb atagan. Ular sodir bo‘lgan voqea va uning ehtimoliy oqibatlari uchun mas’uliyatni Shvetsiya tomoniga yuklagan.

“E’tiborlisi, Stokgolmda bu kabi hodisalar tizimli tus oldi. Aslida huquq-tartibot idoralari hujumlarni faqat rasmiyatchilik uchun qayd etib qo‘ymoqda, xolos. Olib borilayotgan tergov hali hech qanday natija bermadi”, deyiladi elchixona xabarida.

Eslatib o‘tamiz, dronlardan foydalanilgan bundan avvalgi hujum o‘tgan yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan. O‘shanda jinoyatchilar Savdo vakolatxonasi binosi ustiga bo‘yoq tashlab ketgan. Diplomatik missiyaning bildirishicha, 2024 yilning may oyidan buyon Rossiyaning Shvetsiyadagi xorijiy muassasalari 20 ga yaqin hujumga uchragan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing