Rossiyada yuzlab odamlar suvdan zaxarlandi

Olam

image

Rossiyaning Vladimir viloyati Murom shahrida jo‘mrak suvidagi virus tufayli qariyb 700 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shaharda joriy yilning 7-13 aprel kunlari 677 kishi, jumladan, 318 bola o‘tkir ichak infeksiyasi alomatlari bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan. Hozirda bemorlarning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.

Aniqlanishicha, kasallanganlarning 36 nafarida norovirus testi ijobiy chiqqan. Qolgan holatlar esa o‘tkir ichak infeksiyalari sifatida tasniflangan. Rasmiylar vaziyatni barqaror deb baholagan.

Joriy yilning 9 aprel kuni Rossiya Tergov qumitasi Rossiya Jinoyat kodeksining 238-moddasi 1-qismi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Vladimir viloyati prokuraturasi hodisa sabablarini tekshirishni o‘z nazoratiga olgan.

Gubernator Aleksandr Avdeyev monitoringni kuchaytirishni buyurgan. Shuningdek, u qo‘shimcha suv na’munalari olinishini, kommunal xizmatlar holati tekshirilishini va shisha suv ta’minoti ko‘paytirilishini, emlash ishlari boshlanganini hamda bolalar va kattalar uchun vaksinalar sotib olinayotganini aytgan.

Xabar berilishicha, ichak infeksiyasining tarqalishi nafaqat Murom shahrida, balki qo‘shni Nijniy Novgorod viloyatida ham qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladeshda qizamiqdan 100 nafar bola halok bo‘lgandi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya tibbiy yordam shifoxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing