Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar soni e’lon qilindi
Jamiyat
−
12:32 5422 1 daqiqa
Rossiyada hozirda vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni qariyb 1,3 millionni tashkil etmoqda. Bu haqda Oliy Majlisi qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Rahim Hakimov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2025 yilda 100 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada ish bilan ta’minlangan. Hisobotga ko‘ra, ularning qariyb 50 ming nafari yirik korxonalarga ishga joylashtirilgan. Jumladan, “Gazprom”, “Lukoyl”, “Kamaz”, “AvtoVAZ”, Ozon va SPAR kompaniyalarida ishlashmoqda.
Rossiya O‘zbekiston orasidagi 2025 yilda erishilgan kelishuvlar mehnat patentini rasmiylashtirishning ayrim bosqichlarini O‘zbekiston hududiga ko‘chirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, shuningdek, ishchilarni Rossiyaga jo‘nashidan oldin tayyorlash amaliyoti kengaytirilishi mumkin.
Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni rus tili bo‘yicha test tizimini kengaytirish, qo‘shimcha markazlar ochishni taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mehnat migrantlariga oila a’zolarini Rossiyaga olib borish taqiqlanishi mumkinligi aytilgandi.