Rossiyada migrantlarga rus tilidan og‘zaki imtihon joriy etilishi mumkin
Olam
−
25 iyun 3387 1 daqiqa
Rossiyada rus tilini bilish bo‘yicha migrantlar uchun testga 2026 yilda og‘zaki bo‘lim kiritilishi mumkin. Ushbu yo‘nalishda IT sohasidagi vakillarni ham o‘z ichiga olgan ishchi guruh tuzilgan. Bu haqda mamlakat Ta’lim va fan sohasida nazorat federal xizmati rahbari Anzor Muzayev RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Biz ishchi guruh tuzdik, faol ish olib boryapmiz. O‘ylaymanki, ehtimol, kelasi yil boshidan boshlab biz komissiyaga muhokama uchun qaror taqdim etamiz. Hukumat huzurida hamda Davlat dumasi huzurida komissiya mavjud. Agar bizning qarorimiz qo‘llab-quvvatlansa, o‘ylaymanki, biz juda tez fursatda (2026 yilda) xorijliklar uchun testlar o‘tkazishda og‘zaki bo‘limni joriy qilamiz”, deydi idora rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada chet tillaridan Yagona davlat imtihonini topshirishda og‘zaki test o‘tkazish texnologiyasi allaqachon mavjud.
“Lekin bu yerda natijalarni qayta ishlash, baholarni qo‘yish, xodimlarni jalb qilish bilan bog‘liq jihatlar bor. Ya’ni, bizning vazifamiz bu jarayonni iloji boricha tezkor qilishdan iborat”, deydi Muzayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Leonid Slutskiy boshchiligidagi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi deputatlari mamlakat hukumatiga chet el fuqarolari uchun keksa yoshdagilar uchun ijtimoiy pensiyalarni berishni bekor qilishni taklif qiluvchi qonun loyihasini yuborgan edi.
Live
Barchasi