Rossiyada bemorlar davolanyotgan pansionatda yong‘in chiqdi. Qurbonlar bor
Olam
−
11 may 2020
6034Rossiyaning Krasnogorsk shahridagi “Ikkinchi uy” nomli kasalxona pansionatida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshlig‘i matbuot xizmati xabar bergan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, kasalxonada 18 nafar bemor bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, o‘t o‘chiruvchilar yong‘in tarqalishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.
“Ikkinchi qavatdagi yong‘in butunlay o‘chirildi”, dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Favqulodda xizmatlar vakilining so‘zlariga ko‘ra, yong‘inda halok bo‘lganlarning barchasi “yongan mahsulotlarning gazidan zaharlangan”.
Ta’kidlanishicha, olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish pansionatda bo‘lgan yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday versiya asosiy versiya sifatida ko‘rib chiqilishi aytildi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlardan birining shaxsiy buyumlari yoqib yuborilgan. Yong‘in shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin”, - dedi Moskva viloyati favqulodda vaziyatlar xizmati vakili.
LiveBarchasi