Rossiya va AQSH ekipajlari birgalikda kosmosga chiqdi

Olam

image

Bortida Rossiya–Amerika ekipaji bo‘lgan “Soyuz MS-27” transport pilotli kosmik kemasi uch soatlik parvozdan so‘ng Xalqaro kosmik stansiyaning (MKS) “Prichal” moduliga muvaffaqiyatli tutashdi. Bugun, 8 aprel kuni tutashuv jarayonini “Roskosmos” o‘zining YouTube-kanali orqali jonli efirda namoyish etdi.

“Soyuz-2.1a” yuk raketasi Bayqong‘ir kosmodromidan 8 aprel kuni tongda uchirildi”, deb xabar berdi “Roskosmos”ning Telegram-kanali.

Kema bortida rossiyalik kosmonavtlar Sergey Rijikov va Aleksey Zubritskiy hamda NASA astronavti Jonatan Kim bor. Ular orbitada 245 kun bo‘lishlari rejalashtirilgan. Shu vaqt mobaynida ikki marta ochiq kosmosga chiqish va 40 dan ortiq ilmiy tajribalar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

2025 yil fevral oyida “Roskosmos” va NASA Xalqaro kosmik stansiyaga o‘zaro parvozlar bo‘yicha kelishuvni 2026 yil oxirigacha uzaytirishga kelishib oldi. Bu dastur orqali Rossiya va AQSH kosmonavtlari hamda astronavtlari bir-birlarining kosmik kemalarida orbitaga yuboriladi.

Rossiyaliklar “Soyuz MS” kemalarida parvozlarni amalga oshiradi, Amerika tomoni esa NASA buyurtmasiga ko‘ra Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Crew Dragon kemalaridan foydalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Roskosmos Soyuz MS-27

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing