Rossiya Ukrainaga uchirgan raketalar narxi hisoblab chiqildi
Olam
−
30 aprel 2022 36448 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Ukrainadagi urush davomida umumiy qiymati 7,5 mlrd dollardan kam bo‘lmagan 1300 ta raketa uchirgan. Bu haqda “Forbes” o‘z hisob-kitoblariga asoslanib, xabar berdi.
Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga 235 ta “Kalibr” raketasini otgan. Ukrainaga uchirilgan boshqa turdagi raketalarning aniq sonini hisoblash qiyin, ammo Mudofaa vazirligining 24 martdagi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning nisbati quyidagicha: raketalarning 62 foizi “Iskandar”, 30 foizi “X” toifasidagi raketalar, va 8 foizi “Tochka-U” bo‘lgan.
Raketalarning narxi keskin farq qilishi mumkin. “Military Russia” saytining ma’lumotlariga ko‘ra, “Tochka-U” 300 ming dollarga baholangan, “Kalibr” 2006 yilda Hindiston bilan eksport shartnomasiga muvofiq 6,5 million dollar ko‘rsatilgan. “X-101” sinfidagi raketalar “Kalibr”ga qaraganda zamonaviyroq va ilg‘or, shuning uchun mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ular bir necha baravar qimmatroq.
Shunday qilib, barcha hisob-kitoblarga ko‘ra, Ukrainada uchirilgan raketalarning umumiy qiymati 7,5 milliard dollarga yetadi. Bu miqdor Rossiyaning 85 ta sub’ektidan 82 tasining yillik mahalliy byudjetidan oshadi.
Eslatib o‘tamiz, “Forbes” mart oyi o‘rtalarida Rossiya Ukrainadagi urushda 5,1 mlrd dollarga baholangan harbiy texnikasini yo‘qotganini hisoblab chiqqandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025