Rossiya Kiyevga yana raketa hujumi uyushtirdi
Olam
−
08 iyul 4148 1 daqiqa
Ukraina poytaxti Kiyev bugun, 8 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning raketa hujumiga uchradi. Hujum oqibatida yong‘inlar yuz berib, kamida ikki kishi jarohatlangan. Bu haqda Kiyev shahar meri Vitaliy Klichko Telegram orqali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, zarbalar Dnepr daryosining ikki qirg‘og‘ida joylashgan hududlardagi omborxona va turar joy bo‘lmagan binoda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan. Merning aytishicha, ikki kishi jarohat olgan bo‘lib, ulardan biri shifoxonaga yotqizilgan.
Havo hujumi xavfi haqidagi ogohlantirish taxminan bir soat davom etgan. Shuningdek, kechqurun Rossiyaning mamlakat janubidagi Odessa portiga uyushtirgan raketa hujumi natijasida 10 kishi jarohatlangan. Bu haqda Odessa viloyati gubernatori Oleg Kiper ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning sakkiz nafari shifoxonada davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6 iyul kuni Ukraina Rossiyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri Omskka zarba bergan edi.
Live
Barchasi