Rossiya Britaniya diplomatini quvib soldi
Olam
−
09:12 3507 1 daqiqa
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Buyuk Britaniya elchixonasining ikkinchi kotibi Yanse Van Rensburg Albertus Jerardus akkreditatsiyadan mahrum qilingani va u ikki hafta ichida mamlakatni tark etishi kerakligini ma’lum qildi.
Maxsus xizmat bayonotiga ko‘ra, ushbu diplomat Moskvaga yuborilish jarayonida Rossiyaga kirish ruxsatnomasini olishda o‘zi haqida ataylab yolg‘on ma’lumot bergan va shu orqali Rossiya qonunchiligini buzgan.
Shuningdek, Federal xizmat uning faoliyatida Rossiya xavfsizligiga tahdid soluvchi razvedka va qo‘poruvchilik faoliyati alomatlari aniqlanganini bildirgan. Xususan, u iqtisodiyot sohasidagi rossiyalik mutaxassislar bilan norasmiy uchrashuvlar davomida maxfiy ma’lumotlarni olishga uringan.
Shu asosda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda uni akkreditatsiyadan mahrum qilish va mamlakatni tark etishni buyurgan.
Federal xavfsizlik xizmati, shuningdek, Rossiya fuqarolariga ogohlantirish berib, salbiy oqibatlar – hatto jinoiy javobgarlikkacha olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish uchun Rossiya TIV bilan kelishilmagan holda britaniyalik diplomatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmaslikni tavsiya qilgan. Ularning ta’kidlashicha, rasmiy diplomatik lavozimlar ortida maxsus xizmat xodimlari yashirin bo‘lishi mumkin.
Live
Barchasi