Rossiya bayrog‘ini Olimpiada o‘yinlariga olib kirish taqiqlandi
Sport
−
08 yanvar 1649 1 daqiqa
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) 2026 yilda Italiyada bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiada o‘yinlari davomida tribunalarda Rossiya ramzlaridan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bu haqda XOQ tomonidan yuborilgan rasmiy xatga tayanib, “Sveriges” xabar berdi.
Nashrda ta’kidlanishicha, mazkur qarorga “Tour de Ski” musobaqasi vaqtida tomoshabinlar tomonidan Rossiya bayroqlari namoyish etilgani turtki bo‘lgan. Xususan, joriy yilning 4 yanvar kuni neytral maqomda musobaqada ishtirok etgan rossiyalik chang‘ichi Saveliy Korostelev turnirning ommaviy start bahsida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Taqdirlash marosimi chog‘ida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib chiqqan muxlislar e’tibor markazida bo‘lgan. Korostelev marosimdan so‘ng bayroqni ko‘rganini tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, rossiyalik sportchilar - Qisqa masofali konkida uchish, figurali uchish, kross-kantri chang‘isi, chang‘i alpinizmi va chanali sport turlari bo‘yicha neytral maqomda Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu sport turlaridan yo‘llanma olgan sportchilar neytral maqomda musobaqalarda ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari joriy yilning 6-22 fevral kunlari Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi