Rossiya hujumi tufayli Ukraina elektr energiyasida favqulodda uzilishlar joriy qilindi
Olam
−
11 fevral 4757 1 daqiqa
Ukraina hukumati Rossiyaning yirik raketa hujumi oqibatida energetika infratuzilmasiga yetkazilgan zarar tufayli butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar joriy qildi. Bu haqda bugun, 11 fevral kuni Energetika vaziri German Galushenko Facebook'da yozdi.
“Energiya tizimi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni minimallashtirish uchun uzatish tizimining operatori shoshilinch ravishda favqulodda quvvat cheklovlarini qo‘llaydi”, deb yozdi vazir.
O‘z navbatida, “Ukrenergo” kompaniyasi “cheklov choralari havo hujumi signalizatsiyasi tugatilib, energetika tizimidagi vaziyat barqarorlashganidan keyin bekor qilinishi” haqida xabar berdi.
Ukraina Harbiy-havo kuchlarining ma’lum qilishicha, bugun, 11 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shni davlatga qarshi urushni davom ettirib, Ukrainaga Qora dengizdan “Kalibr” qanotli raketalari, shuningdek, hujumchi dronlari va boshqariladigan havo bombalari bilan hujum qildi. Kiyev va ko‘plab viloyatlarda havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
Ukraina Qurolli kuchlari Zaporoje, Sumi, Kiyev, Dnepropetrovsk, Xarkov va Poltava viloyatlariga hujumlar sodir etilgani haqida xabar berdi. Aholi boshpanalarda qolishga chaqiriladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr