Roodell va ADM Jizzax vakillari Uxu shahrida Chery International prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi
Biznes
−
29 aprel 2023
4642Roodell kompaniyasi boshqaruv direktori Aleksey Kurenkov va ADM Jizzakh rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi rahbari Alisher Komilov Xitoyning Uxu shahrida Chery International korporatsiyasi prezidenti Chjan Guybin bilan uch tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun uchrashdi. Uchrashuv O‘zbekistonda avtomobil sanoati jadal rivojlanayotgan bir sharoitda bo‘lib o‘tdi. Mamlakat jahon avtomobil bozorida yangi ishtirokchi bo‘lishiga qaramay, avtomobil ishlab chiqarishni faol rivojlantirmoqda va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustida ishlamoqda.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda avtomobillarni mahalliy ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, mamlakatda sotiladigan avtomobillar turlarini kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.
Ta’kidlash joizki, tashrif davomida Roodell va ADM Jizzakh kompaniyalari o‘z jamoalari bilan yig‘ish sexiga tashrif buyurdi. E’tiborlisi, bitta mashinani yig‘ish uchun 44 soniya vaqt ketadi.
Vakillar, shuningdek, avtomobillar innovatsion sinovdan o‘tkaziladigan tajriba laboratoriyasi, dvigatel tovushi diagnostika qilinadigan ovoz o‘tkazmaydigan xona, shuningdek, krash-testga mo‘ljallangan xonada bo‘ldi.
Roodell kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobilsozlik mahsulotlarining yetakchi distribyutorlaridan biri hisoblanadi. ADM Jizzakh esa o‘zbek avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik korxona bo‘lib, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish maqsadida sheriklar bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bunday hamkorlik natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, mamlakat iqtisodiyoti rag‘batlantiriladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston bozori uchun mavjud bo‘lgan Chery avtomobillari assortimentini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu iste’molchilarga kengroq turdagi avtomobillardan foydalanish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida Chery’ning mamlakat bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi va kompaniya mavqeini mustahkamlaydi.
Yaqin kelajakda ADM Jizzakh zavodida yangi Chery Arrizo 6 Pro modelini ishlab chiqarish boshlanadi, yil oxirigacha gibrid avtomobillar ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan. Xohlovchilar tez orada Chery salonlaridan biriga murojaat qilib, test-drayver o‘tkazishi mumkin.
Batafsil ma’lumotni Chery veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin:
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi