Ronalduning karavoti sotuvga qo‘yildi
Sport
−
03 aprel 2024 6452 1 daqiqa
Sloveniyaning Lyublyana shahridagi mehmonxona Krishtianu Ronaldu yotgan karavotni sotuvga qo‘ydi. Bu haqda mehmonxona o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, karavotning boshlang‘ich bahosi besh ming yevroni tashkil etadi, biroq 39 yoshli futbolchining mashhurligini inobatga olgan holda narx tezda oshishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Sloveniya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Portugaliyani 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Ronaldu esa o‘yindan so‘ng uchrashuv hakamini tanqid qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu Saudiya chempionati doirasida ketma-ket ikkinchi marta xet-trik qayd etgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr