Ronalduning 77 mln dollarlik samolyoti Manchester aeroportida qolib ketdi
Sport
−
19 fevral 2025 8952 1 daqiqa
Bir necha kun avval Manchester aeroportiga kelgan Krishtianu Ronalduning xususiy “Bombardier Global Express 6500” samolyoti ta’mirtalab bo‘lganligi uchun mazkur aeroportda qoldirildi. Bu haqda “The Sun”xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, samolyot oynalaridan birida yoriq topilgan, shu bois yangi oyna yetkazib berilishi va ta’mirlash ishlari olib borish uchun Ronalduning samolyoti Manchesterda qoldirilgan. Krishtianuning o‘zi bortda bo‘lgan-bo‘lmagani haqida ma’lumot yo‘q. Samolyotning Manchesterga kelgani sababi ham noma’lum.
Ma’lumot uchun, Krishtianu 2003 yildan 2009 yilgacha “Manchester Yunayted”da o‘ynagan, shuningdek, 2021 yilda jamoaga qaytgan. Ammo 2022 yil oxirida u “Manchester Yunayted”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan mojaro tufayli Angliyani tark etishga majbur bo‘lgandi.
Portugaliyalik futbolchi ayni damda Saudiya Arabistoni Pro-ligasida peshqadamdan 8 ochko ortda qolgan holda 3-o‘rinni egallab turgan “Al-Nasr” jamoasida to‘p surmoqda.
Live
Barchasi