“Ronalduga yo‘q deymiz”. Saudiya pullari ham Markni qiziqtira olmadi

Sport

image

Klublar o‘rtasidagi jahon chempianatining amaldagi chempioni “Chelsi” o‘z himoyachisi Mark Kukurelya bilan shartnomasini mustahkamlash yo‘lida harakatga tushdi. Bu haqida tanqili insaydr Fabritsio Romano xabar berdi.

Yaqinda Ispaniyalik futbolchiga Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu transfer tashabbusini shaxsan klubning superyulduzi Krishtianu Ronaldu ilgari surgan — u klub rahbariyatidan Kukurelyani olib kelishni so‘ragan.

“Al-Nasr” jamoasi yaqinda Joau Feliksni ham o‘z safiga qo‘shib olgan bo‘lib, ular jahon futbolining yulduzlarini jamlashda davom etmoqda. Biroq Kukurelya bu taklifga rad javobini berdi. U hozirda “Chelsi” safida o‘zini yaxshi his qilayotgani va jamoadan ketishni istamasligini bildirgan.

“Chelsi” rahbariyati esa bu vaziyatni ijobiy tomonga burish uchun harakat qilmoqda. Ular Kukurelyaga yaxshilangan moliyaviy shartlar asosidagi yangi taklif tayyorlamoqda. Klub futbolchining sadoqatini qadrlaydi va uni jamoaning uzoq muddatli rejalari doirasida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Mark Kukurelyaning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Demak, futbolchining kelajagi to‘liq London klubining qo‘lida.

Saudiya Arabistoni klublari kuchli moliyaviy takliflar bilan ko‘plab yevropalik yulduzlarni o‘ziga og‘dirayotgan bir pallada, Kukurelyaning “yo‘q” deya olgani futbol muxlislari orasida unga nisbatan katta hurmat uyg‘otmoqda. U pul emas, professional muhit va o‘zining sportdagi orzularini ustuvor ko‘rmoqda.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

transfer Krishtianu Ronaldu “Chelsi” Mark Kukurel'ya “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing