Ronalduga terma jamoani tark etgani uchun beriladigan jazo ma’lum bo‘ldi – OAV

Sport

−

image

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bazasini ruxsatsiz tark etgani uchun bir oydan olti oygacha diskvalifikatsiya qilinadi. Bu haqda “A Bola” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 41 yoshli hujumchiga nisbatan Portugaliya futbol federatsiyasining intizom reglamenti 160-moddasi asosida ish ochilgan. Unga ko‘ra, muntazam ravishda terma jamoaga chaqiriladigan futbolchi mashg‘ulot, uchrashuv yoki terma jamoaning boshqa tadbirida uzrli sababsiz ishtirok etmasa, bir oydan olti oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ronalduga nisbatan jazo qo‘llanilishi muqarrar. Ayni paytda faqat jazoning og‘ir yoki yengil bo‘lishi masalasi hal qilinmoqda.

Avvalroq, Ronaldu Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi uchrashuvda zaxirada qoldirilganidan so‘ng terma jamoa ixtiyorini tark etgan edi. Keyinchalik Jezus Ronaldu uchun terma jamoa eshiklari ochiqligicha qolishini, biroq futbolchidan uzr so‘rashni zarur deb hisoblamasligini ma’lum qildi. Ronaldusiz Portugaliya Millatlar ligasidagi uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Krishtianu esa “Al-Nasr” ixtiyoriga qaytib, klub bilan mashg‘ulotlarni boshladi.

Ronaldu esa Jezus bosh murabbiy bo‘lib qolar ekan, terma jamoaga qaytish niyati yo‘qligini bildirgan. Xabarlarga ko‘ra, futbolchini murabbiyning ommaviy bayonotlari eng ko‘p ranjitgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini ruxsatsiz tark etgani uchun jamoadoshlari va muxlislardan uzr so‘radi va mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan jazolanishini asosli deb aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing